2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Kasaba uyushmasi
Kasaba uyushmasi: «Sovuq kunlardagi "qaynoq" e’tibor!»
  • 23.01.2026
  • 38

⚡️ Ob-havo keskin sovib ketgan bugungi kunda energetiklar xonadonlarimizda chiroq o‘chmasligi uchun tun-u kun xizmatda. 

Toshkent, Namangan, Jizzax va Andijon magistral elektr tarmoqlari filiali kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotlari ana shunday fidoyi xodimlarni kunduzgi, tonggi va tungi ko‘riklarda, uzoq masofali nazorat tadbirlarida ham yolg‘iz qoldirishmadi.

Ayni qorli-qirovli kunlarda elektr uzatish tarmoqlari, podstansiya va ta’mirlash ustaxonalari hamda dispetcherlik pultlarida ishlayotgan xodimlarda issiq taom hamda kofe ulashdilar. Bir so‘z bilan aytganda, bu kabi kichik e’tibor ishchi-xodimlarimizga kuch-quvvat va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlamoqda. 

Mehnatingiz uchun rahmat, aziz energetiklar!

✍️ Birlashgan kasaba uyushmalari qo‘mitasi 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmat