2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
BRIFING: 22-yanvar kuni isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
  • 23.01.2026
  • 6

Energetika vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Dildora Xashimova 22-yanvar kuni iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Kecha, 22-yanvar kuni elektr stansiyalari orqali jami 270,7 mln kVt·soat, rejadagiga nisbatan 105 foiz ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

Respublika iste’molchilariga 244,6 mln kVt·soat, rejadagiga nisbatan 101 foiz ko‘p elektr energiyasi yetkazib berildi. Tabiiy gaz iste’moli 152,3 mln kub metrni tashkil qildi. Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga maxsus texnikalar va jamoat transportlari uchun 1,7 mln kub metr tabiiy gaz yetkazib berildi.

2 ming 300 tonna (rejaga nisbatan 109% ko‘p) suyultirilgan gaz ishlab chiqarildi. Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga 1 ming 900 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Hududlardagi gaz to‘ldirish shoxobchalarida 6,5 ming tonna suyultirilgan gaz zaxirasi yaratilgan.

Avtobenzin va dizel yonilg‘isi ham aholi va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojini qoplaydigan darajada yetkazib berilmoqda. Xususan, 22-yanvar kuni birja savdolariga jami 11 845 tonna avtobenzin va 15 788 tonna dizel yonilg‘isi chiqarilib, shundan 4 678 tonna benzin va 624 tonna dizel yonilg‘isi sotilgan.

Shuningdek, birja savdolariga 2 190 tonna suyultirilgan gaz chiqarilib, shundan 2 128 tonnasi sotilgan.

Kecha elektr qurilmalarida yuzaga kelgan 14 ta, gaz ta’minotida esa 3 ta nosozlik avariya brigadalari tomonidan tezkorlik bilan bartaraf etilgan. Tizim 24/7 rejimida kuchaytirilgan tartibda ishlab, avariya brigadalari tomonidan nosozliklar bartaraf etilgan holda ta’minotni bosqichma-bosqich tiklash choralari ko‘rilmoqda.

Elektr ta’minotida avariyaviy o‘chishlar: 22-yanvar kuni noqulay ob-havo ta’sirida ayrim elektr tarmoqlarida nosozliklar bo‘lib, ba’zi hududlarning elektr ta’minotida vaqtincha uzilishlar kuzatilgan va ular avariya brigadalari tomonidan bartaraf etilgan.

Xususan, soat 06:30 da Samarqand viloyatining Pastdarg‘om, Oqdaryo, Urgut, Nurobot, Qo‘shrabod, Payariq va Samarqand tumanlaridagi ayrim iste’molchilar elektr ta’minotidan vaqtincha uzilgan. Ushbu nosozliklar energetiklar tomonidan soat 11:37 da bartaraf etilib, iste’molchilarning elektr ta’minoti to‘liq tiklangan.

Soat 07:50 da Jizzax viloyatining Forish, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Zomin, Zarbdor tumanlari va Jizzax shahrining ayrim iste’molchilari elektr ta’minotidan uzilgan. Ushbu nosozlik soat 09:10 dan boshlab bosqichma-bosqich tiklanib, 23-yanvar kuni soat 24:05 da barcha iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklangan.

Soat 08:00 da Surxondaryo viloyatining Angor, Bo‘ysun, Jarqo‘rg‘on, Termiz, Muzrabod, Qiziriq va Bandixon tumanlarining ba’zi hududlari elektr ta’minotidan uzilgan. Soat 22:00 da barcha iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklangan.

Soat 16:27 da Yuqori Chirchiq tumanidagi 280 ta iste’molchi elektr ta’minotidan uzilgan. Soat 20:04 da iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklangan.

Soat 17:15 da Yangiyo‘l tumanidagi 300 ta iste’molchi elektr ta’minotidan uzilgan. Soat 19:12 da iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklangan.

Soat 18:06 da Sergeli tumanining 5-, 6-, 7-mavzelaridagi 320 ta iste’molchi elektr ta’minotidan uzilgan. Soat 19:19 da iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklangan.

Soat 20:25 da Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa, Buvayda, Oltiariq va Uchko‘prik tumanlarining ayrim hududlari elektr ta’minotidan uzilgan. Soat 21:15 dan boshlab elektr ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanib, 23-yanvar kuni soat 24:35 da barcha iste’molchilarning elektr ta’minoti to‘liq tiklangan.

Soat 21:37 da Mirzo Ulug‘bek tumanining Beshkapa ko‘chasidagi 420 ta iste’molchi elektr ta’minotidan uzilgan. 23-yanvar kuni soat 24:43 da iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklangan.

Soat 21:37 da Sergeli tumanining Xonobod ko‘chasidagi 440 ta iste’molchi elektr ta’minotidan uzilgan. Soat 23:37 da iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklangan.

Soat 22:2 da Chilonzor tumanining Sohil bo‘yi ko‘chasidagi 390 ta iste’molchi elektr ta’minotidan uzilgan. Soat 22:52 da iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklangan.

Soat 22:25 da Yashnobod tumani Tuzel va Ilg‘or ko‘chalaridagi 380 ta iste’molchi elektr ta’minotidan uzilgan. 23-yanvar kuni soat 24:22 da iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklangan.

23-yanvar kuni soat 2:38 da Uchtepa tumani 21-dahasidagi 380 ta iste’molchi elektr ta’minotidan uzilgan. Soat 4:35 da iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklangan.

Soat 2:45 da Uchtepa tumani 11- va 12-dahalaridagi 440 ta iste’molchi elektr ta’minotidan uzilgan. Soat 6:18 da iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklangan.

Soat 2:45 da Uchtepa tumani 13-dahasidagi 360 ta iste’molchi elektr ta’minotidan uzilgan. Soat 4:35 da iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklangan.

Tabiiy gaz ta’minoti bo‘yicha: 22-yanvar kuni soat 13 da Bektemir tumani Gulbog‘ mahallasidagi gaz quvuriga yukmashinasi tegib ketishi natijasida quvurga shikast yetkazilgan. Oqibatda hududdagi 170 ta xonadonda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan. Ushbu nosozlik avariya brigadalari tomonidan soat 16:00 da bartaraf etilib, iste’molchilarning tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklangan.

Soat 13:15 da Chilonzor tumani Navbahor mahallasidagi gaz quvuriga daraxt sinib tushishi natijasida quvurga shikast yetkazilgan. Oqibatda hududdagi 128 ta aholida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan. Soat 15:20 da nosozlik bartaraf etilib, iste’molchilarning tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklangan.

Soat 15:00 da O‘rta Chirchiq tumanining “Kim Pen Xva” mahallasidagi gaz quvuriga yukmashinasi tegib ketishi natijasida quvurga shikast yetkazilgan. Oqibatda hududdagi 310 ta aholi hamda 8 ta ulgurji iste’molchida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan. Soat 17:00 da nosozlik bartaraf etilib, iste’molchilarning tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklangan.

Elektr va gaz ta’minoti korxonalarida jami 1 ming 479 ta maxsus brigada tashkil etilgan, ushbu brigadalar tarkibida 7 ming 596 nafar ishchi-xodim joylarda kechayu kunduz faoliyat yuritib bormoqda.

Manba: https://gov.uz/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati