2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Bo'sh ish o'rinlari
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati suhbat orqali ishga taklif etadi!
  • 26.01.2026
  • 25

⚡️ BO‘SH ISH O‘RNI: Jahon banki loyihalarini amalga oshirish guruhiga SCADA yetakchi dasturchi muhandis

⇒ TA’LIM:
Oliy ma’lumot: Elektr muhandisligi, avtomatlashtirish va boshqaruv tizimlari, telekommunikatsiyalar, kompyuter muhandisligi yoki shu kabi tegishli texnik sohada bakalavr darajasi yoki undan yuqori. Bilim darajasi (bitiruvchi reytingida Top10)

❗️ LAVOZIM MAJBURIYATLARI:
•  Loyiha menejeriga elektr energetikasi tizimini raqamlashtirishga qaratilgan loyihalar (SCADA, telekommunikatsiya, optik tolali aloqa) doirasida kundalik faoliyatni muvofiqlashtirish va ijrosini nazorat qilishda ko‘maklashish;
•  Texnik xujjatlar, ishlanmalar, yechinmalar broshuralari orqali kundalik bilimni oshirish, shuningdek, zamonaviy ishlanmalar, yechinmalar va protokol-standardlarni davomiy o’zlashtirish va o’rganish orqali yangi ko’nikmalar shakllantirish;
•  Texnik xujjatlar, loyiha hujjatlarini, jumladan ish jadvallari, yig‘ilish bayonnomalari, vazifalar ijrosini nazorat qilish ro‘yxatlari, rasmiy yozishmalar va davriy hisobotlarni tayyorlash hamda yuritish;
•  Pudratchilar, konsalting kompaniyalari va ichki bo‘limlar bilan bajarilmagan vazifalar va topshiriqlar bo‘yicha muntazam aloqada bo‘lish va koordinatsiya qilish;
•  Pudratchilar tomonidan taqdim etilgan texnik hujjatlarni (chizmalar, texnik talablar, sinov va qabul qilish hisobotlari va boshqalar) ko‘rib chiqish va tahlil qilishda ishtirok etish;
•  SCADA, telekommunikatsiya, podstansiya avtomatlashtirish va optik tolali aloqa tizimlarini joriy etish jarayonini monitoring qilishda ishtirok etish;
•  Zarur hollarda ob’ektlarga chiqish, zavodlarda tekshiruvlar (FAT), ob’ektda qabul qilish sinovlari (SAT) va boshqa texnik tadbirlarda qatnashish;
•  Shartnomalarni boshqarish bo‘yicha ishtirok: shartnoma qonunchiligi, xarid siyosati hamda xalqaro moliyaviy institutlar (Jahon banki) loyihalari doirasidagi shartnomalarni tushunish.

⇒ AMALIY KO‘NIKMALAR:
•  Tahliliy fikrlash va tizimli yondashuv;
•  Strategik qarorlar qabul qilish qobiliyati;
•  Yuqori mas’uliyat va aniqlikka intilish;
•  Jamoada samarali ishlash va yetakchilik qobiliyati;
•  Axborotni tez tahlil qilish va to‘g‘ri xulosalar chiqarish ko‘nikmasi.

⇒ ELEKTRON DASTURLAR:
Excel, Word, PowerPoint – mukammal darajada bilishi zarur;

⇒ CHET TILI: Ingliz tili (IELTS>=6.5) va rus tilini mukammal bilishi zarur.

❗️ TALABLAR:
•  SAS/RTU (ASU-TP) bo’yicha kamida 2 yillik ish tajribasi (loyihalashtirish ishlari, xususan chizmalar, arxitekturalari, protokollar va/yoki signallar konfiguratsiyasi va podstansiya adaptatsiya ishlarida);
•  Elektr energetika uzatish tarmog’ini xususan, yuqori kuchlanishli podstansiya, liniyalar bo’yicha bilimga ega bo’lishi;
•  OT (operational technology), kontrollerlar, CT/VT, Marshalling Cabinet, Merging Unit larni yahshi bilishi (afzallik). 

Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida 

❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati. 

Murojaat uchun: 71-236-66-15. 71-236-62-27 

Onlayn rezyume 

kadr_nes@uzbekistonmet.uz 

▪️ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;

▪️Shtatlar jadvaliga muvofiq ish haqi + bonuslar.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati