
Bugun soat 09:30 da Xorazm viloyatida 110 kV kuchlanishli L-Urgench-1 elektr uzatish tarmog‘i favqulodda o‘chdi.
Natijada Urgench shahri va tumanining ayrim isteʼmolchilari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, isteʼmolchilar boshqa manbadan taʼminlanish choralari ko‘rilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
Xorazm viloyatida 110 kV kuchlanishli L-Urgench-1 elektr uzatish tarmog‘ida sodir bo‘lgan nosozlik bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti to‘liq tiklandi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati