

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli “Xadikent” podstansiyasida muhim texnik ta’milash ishlar amalga oshirildi.
⚙️ Ushbu jarayonda T-1 transformatoridagi maʼnan va jismonan eskirgan, texnik resurslari tugagan qurilma to‘liq yangisiga almashtirildi. Bu ishlar, avvalo, kuz-qish mavsumida elektr taʼminoti barqarorligini taʼminlash, shuningdek, generatsiya jarayonida hosil bo‘ladigan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga uzluksiz va ishonchli yetkazish maqsadida amalga oshirildi.
⚡️ Bundan tashqari, yangilangan uskunalar to‘liq texnik sinovlardan o‘tkazilib, podstansiya ish faoliyatining xavfsizligi va samaradorligi oshirildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling!