2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Namangan viloyati: “Baxt” podstansiyasi qurilmasidagi nosozlik bartaraf etilib, isteʼmolchilari elektr taʼminoti to‘liq tiklandi
  • 28.01.2026
  • 18

Bugun soat 05:58 da Namangan viloyati “Baxt” podstansiyasidagi 10 kV kuchlanishli qurilma favqulodda o‘chgan edi.

Natijada 1,5 MVt quvvat isteʼmol qilgan isteʼmolchilari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatildi. 

Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, isteʼmolchilarni boshqa manbadan taʼminlash choralari ko‘rilmoqda. 

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Soat 07:55 da “Baxt” podstansiyasi qurilmasidagi nosozlik bartaraf etilib, isteʼmolchilari elektr taʼminoti to‘liq tiklandi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz. 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati