
Bugun soat 06:38 da Andijon viloyatidagi 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i favqulodda o‘chdi..
Soat 07:21 da isteʼmolchilarning 14 MVt quvvatdagi qismiga boshqa manba orqali kuchlanish berildi.
Hozirda 15 MVt quvvat isteʼmol qilgan isteʼmolchilar elektr taʼminotida vaqtincha uzilishlar kuzatilmoqda.
Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
Soat 11:20 da 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘idagi nosozlik bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti to‘liq tiklandi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati