2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Samarqand viloyati: 110 kV kuchlanishli L-SFZ-3, L-SFZ-4 elektr uzatish tarmoqlaridagi nosozliklar bartaraf etilib, isteʼmolchilarning elektr taʼminoti to‘liq tiklandi
  • 28.01.2026
  • 10

Bugun soat 9:40 da Samarqand viloyatida 110 kV kuchlanishli L-SFZ-3, L-SFZ-4 elektr uzatish havo tarmoqlari favqulodda o‘chdi.

Natijada  Pastdarg‘om va Nurobod tumanlarining ayrim qismlaridagi isteʼmolchilar elektr taʼminotida vaqtincha uzilishlar kuzatilmoqda. 

Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, isteʼmolchilarni boshqa manba orqali taʼminlash choralari ham ko‘rilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Soat 12:08 da 110 kV kuchlanishli L-SFZ-3 elektr uzatish tarmog‘iga kuchlanish berildi. Isteʼmolchilarning aksariyati qismi elektr taʼminoti tiklandi.

Ayni paytda 110 kV kuchlanishli L-SFZ-4 elektr uzatish  tarmog‘ida taʼmirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda. 

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Soat 13:38 da 110 kV kuchlanishli L-SFZ-4 elektr uzatish tarmog‘iga kuchlanish berildi. Isteʼmolchilarning elektr taʼminoti to‘liq tiklandi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati