2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
BRIFING: 27-yanvar kuni isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
  • 28.01.2026
  • 15

Energetika vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Dildora Xashimova 27-yanvar kuni iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Kecha, 27-yanvar kuni elektr stansiyalari orqali jami 269,4 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Respublika iste’molchilariga 246,5 mln kVt·soat elektr energiyasi yetkazib berildi.

Tabiiy gaz iste’moli 145,7 mln kub metrni tashkil qildi. Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga maxsus texnikalar va jamoat transportlari uchun 2,2 mln kub metr tabiiy gaz yetkazib berildi.

2 ming 300 tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarildi. Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga 2 ming 300 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Hududlardagi gaz to‘ldirish shoxobchalarida 6,3 ming tonna suyultirilgan gaz zaxirasi yaratilgan.

Avtobenzin va dizel yonilg‘isi ham aholi va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojini qoplaydigan darajada yetkazib berilmoqda. Xususan, 27-yanvar kuni birja savdolariga jami 12 ming 949 tonna avtobenzin va 20 ming 507 tonna dizel yonilg‘isi chiqarilib, shundan 5 ming 711 tonna benzin va 5 ming 570 tonna dizel yonilg‘isi sotilgan.

Shuningdek, birja savdolariga 2 ming 70 tonna suyultirilgan gaz chiqarilgan va 2 ming 10 tonna hajmda sotilgan.

Kecha elektr qurilmalarida yuzaga kelgan 11 ta, gaz ta’minotida esa 1 ta nosozlik avariya brigadalari tomonidan tezkorlik bilan bartaraf etilgan. Tizimda 24/7 rejimida kuchaytirilgan tartibda ish olib borilmoqda.

Elektr va gaz ta’minoti korxonalarida jami 1 ming 479 ta maxsus brigada tashkil etilgan, ushbu brigadalar tarkibida 7 ming 596 nafar ishchi-xodim joylarda kechayu kunduz faoliyat yuritib bormoqda.

Qorli kunlar bo‘lsa ham, uyingizda iliqlik va xotirjamlik hukm sursin, aziz yurtdoshlar! Biz esa siz uchun doimo xizmatdamiz.

Manba: https://gov.uz/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati