#Jamoatchilik_kengashi
Unda yoqilg‘i-energetika tizimida 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar muhokama etildi.
Shuningdek, qish mavsumida aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan uzluksiz va barqaror ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Muhokamalarda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimi, Call-markazlar faoliyatini takomillashtirish, sohada mavjud muammolar hamda ularning yechimlari bo‘yicha ochiq muloqot olib borildi. Jamoatchilik kengashi a’zolari tomonidan bir qator taklif va tavsiyalar ilgari surildi.
Yig‘ilishda 2026-yil uchun
Jamoatchilik kengashi ning ish rejasi tasdiqlanib, unga muvofiq faoliyatni tizimli ravishda tashkil etish belgilandi. Shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolash bo‘yicha taklif bildirildi.
Yig‘ilish yakunida bildirilgan taklif va mulohazalarni belgilangan tartibda inobatga olish hamda ularning ijrosini ta’minlash lozimligi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, Jamoatchilik kengashi yig‘ilishlarini o‘tkazib borish, shu orqali sohadagi dolzarb masalalarni muhokama qilish hamda joylardagi energetika obyektlarida o‘rganishlar va monitoring ishlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/19020
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati