

Bugun, 2026-yil 29-yanvar kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining “Magistraltarmoqqurilish” filialida rahbar va xodimlarga tizimda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda bu kabi salbiy illatga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, qonun buzilish holatlariga chek qo‘yish maqsadida masʼul xodimlar ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
✔️ Ushbu tadbirni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning Muvofiqlik tizimi (komplayens) xizmati boshlig‘i Alisher Raxmonov olib bordi. Unda hamda xizmat xodimi Zokir Xakimov ham ishtirok etdi.
Tadbirda sohada noqonuniy xatti-harakatlarga barham berish, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish, xodimlarda poklik, halollik, shaffoflik va qonunchilikka qatʼiy rioya etish madaniyatini shakllantirish hamda ish faoliyati davomida xodimlar o‘rtasida maishiy korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
⚡️ Tadbir yakunida korrupsiyaning nafaqat davlat va jamiyat, balki har bir fuqaro hayotiga moddiy hamda maʼnaviy zarar yetkazishi taʼkidlanib, bunday salbiy holatlarni oldini olishda har bir rahbar va xodimning shaxsiy masʼuliyati ekanligi qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston MET» AJ faoliyatida korrupsiya holatlari aniqlanganda bog‘lanish uchun maxsus raqam: +998-71-208-5641. Shu bilan birga, alohida telegram kanal va uning bot (muhokama) guruhi ochilgan.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati