

Bugun “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filialida, umuman, energetika sohasida uzoq yillar davomida samarali mehnat qilib kelgan, filialning “Mustahkamlik, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi” guruhi muhandisi
Nizamova Mastura Norbo‘tayevnaning mehnat nafaqasiga chiqishi munosabati bilan kasaba uyushmasi tomonidan xayrlashuv marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda filial direktori I.A.Xudaynazarov so‘zga chiqib, Nizamova Mastura Norbo‘tayevnaning elektr energetika sohasidagi ko‘p yillik fidokorona mehnatini alohida e’tirof etdi. U kishi o‘z nutqida hamkasbimizning kasbiy mas’uliyati, boy tajribasi va jamoa orasidagi obro‘-e’tibori filial faoliyatida muhim o‘rin tutganini ta’kidladi hamda uzoq yillar davomida qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.
Ma’lumot o‘rnida: Mastura Norbo‘tayevna 1958-yil Sirdaryo viloyati Guliston tumanida tavallud topgan. 1975–1981-yillar davomida Toshkent politexnika institutida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 1981-yilda “Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJda boshlagan bo‘lib, 2015-yilga qadar ushbu korxonada “Ishlab chiqarish texnikasi” xizmati texnigi, muhandisi, yetakchi muhandisi hamda boshliq lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan.
2020-yildan boshlab esa “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filialida “Mustahkamlik, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi” guruhi muhandisi lavozimida ishlab, o‘zining boy bilim va tajribasini yosh mutaxassislarga o‘rgatib kelgan.
Tadbir yakunida hamkasbimizga ko‘p yillik halol va samarali mehnati uchun samimiy tilaklar bildirilib, kelgusi hayotida mustahkam sog‘lik, oilaviy tinchlik va farovonlik tilandi.
"SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI kanaliga obuna bo‘ling!