2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Xotin-qizlar
Energetika sohasida gender tengligi va “yashil” rivojlanish masalalari muhokama qilindi
  • 30.01.2026
  • 10

#gender_tenglik

2026 yil 27–28-yanvar kunlari “O‘zbekiston Respublikasining uglerod-neytral iqtisodiyotga o‘tish davrida gender sezgirlik va adolatli o‘tish bo‘yicha yo‘l xaritasi” taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda yoqilg‘i-energetika tizimida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarda gender siyosatini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan xodimlar ishtirok etdi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan BMTning Ayollar tuzilmasi (UN Women) bilan hamkorlikda hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) ko‘magida tashkil etildi.

Taqdimot davomida yo‘l xaritaning dastlabki baholash natijalari taqdim etilib, energetika sohasida gender tengligini ta’minlash hamda inklyuziv “yashil” rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy mexanizmlar atroflicha muhokama qilindi.

Tadbirda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatidan vakillar faol ishtirok etishdi.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/19024

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati