
Toshkent shahrida joylashgan “Astronomik” podstansiyasidagi T-2 transformatori himoya tizimi ishlashi oqibatida favqulodda taʼmirga chiqarildi.
Natijada mazkur energetika obyekti orqali taʼminlanuvchi isteʼmolchilar (8 MVt) elektr taʼminotida vaqtincha uzilishlar kuzatilmoqda.
Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda va qisqa fursatlarda nosozlik bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
Soat 13:56 da “Astronomik” podstansiyasidagi orqali taʼminlanuvchi isteʼmolchilar elektr taʼminotida boshqa manbaga o‘tkazilib, elektr taʼminoti qisman tiklandi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
Soat 15:12 da “Astronomik” podstansiyasidagi orqali taʼminlanuvchi isteʼmolchilar elektr taʼminoti to‘liq tiklandi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati