

“Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220/110/10 kV kuchlanishli “Feruz” podstansiyasida elektr qurilmalarining ishonchli va sifatli ishlashini ta’minlash maqsadida profilaktika ishlari amalga oshirildi.
⚙️ Jumladan, podstansiyaning 10 kV kuchlanishli TBM-1 yacheykasida texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida moy almashtirish ishlari bajarildi. Ushbu ishlar amaldagi texnik me’yorlar va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda sifatli tarzda olib borildi.
⚡️ Profilaktika tadbirlari elektr uskunalarining xizmat muddatini uzaytirish, avariyaviy holatlarning oldini olish hamda iste’molchilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berishni ta’minlashga xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ "SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI kanaliga obuna bo‘ling!