
Bugun soat 05:14 da Toshkent shahridagi 35 kV kuchlanishli L-4-Yu elektr uzatish tarmog‘i himoya tizimi ishlashi oqibatida favqulodda o‘chdi.
Natijada Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarining ayrim hududlaridagi isteʼmolchilar elektr taʼminotida vaqtincha uzilishlar kuzatilmoqda.
Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda va qisqa fursatlarda nosozlik bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
Bugun soat 05:47 da o‘chgan hududlar elektr taʼminoti boshqa manbaga o‘tkazilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti tiklandi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati