2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Аksiyadorlik jamiyatida Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
  • 02.02.2026
  • 63

Bugun, 2026-yilning 2-fevral kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ kichik majlislar zalida Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi (ISO 37001) bo‘yicha sertifikatni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda «CERT International» tashkilotining bosh auditori Alisher Akmaldjanovich Alimov ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu (ISO 37001) sertifikat Jamiyatning Xalqaro imidjini belgilashi bilan birgalikda, poraxoʻrlikni oldini olish, aniqlash va unga qarshi kurashishda yordam beradigan xalqaro standart boʻlib, korrupsiyaga qarshi samarali tizimni joriy etish, qoʻllab-quvvatlash va takomillashtirish uchun talablar va koʻrsatmalar belgilaydi.

▶️ Batafsil 

✅ Ushbu standart barcha turdagi tashkilotlar (davlat, xususiy, notijorat) uchun mos keladi va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish, shaffoflikni oshirish hamda qonunlarga rioya qilishni taʼminlashga qaratilgan. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati