2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Xorazm viloyati: 110 kV kuchlanishli L-Xazorasp-1 liniyasida taʼmirlash ishlari yakunlanib, barcha istemolchilar elektr taʼminoti to‘liq tiklandi
  • 02.02.2026
  • 114

Bugun soat 08:58 da Xorazm viloyatida 110 kV kuchlanishli L-Xazorasp-1 elektr uzatish tarmog‘i favqulodda o‘chdi.

Natijada Xonqa, Bog‘ot, Xazorasp va Tuproqqalʼa tumanlarining ayrim hududlari isteʼmolchilari elektr taʼminotida vaqtincha uzilishlar kuzatilmoqda. 

Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, isteʼmolchilarni boshqa manba orqali taʼminlash choralari ham ko‘rilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Ayni paytda jami o‘chgan 40 MVt isteʼmolchidan 30 MVt quvvatga teng isteʼmolchilar elektr taʼminoti boshqa manbalardan orqali taʼminlandi. 110 kV kuchlanishli L-Xazorasp-1 elektr uzatish tarmog‘ida taʼmirlash-sozlash ishlari davom etmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Soat 11:55 da 110 kV kuchlanishli L-Xazorasp-1 elektr uzatish tarmog‘idagi taʼmirlash ishlari yakunlanib, kuchlanish berildi. Barcha istemolchilar taʼminoti to‘liq tiklandi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati