
Bugun soat 22:04 da Qashqadaryo viloyatida 35 kV kuchlanishli L-Kon-1 hamda L-Kon-2 elektr uzatish havo tarmoqlari favqulodda o‘chdi.
Natijada Dehqonobod tumanidagi ishlab chiqarish isteʼmolchisining elektr taʼminotida vaqtincha uzilishlar kuzatilmoqda.
Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. shuningdek, isteʼmolchi boshqa manba orqali taʼminlash choralari ham ko‘rilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
Soat 23:32 da bilan 35 kV kuchlanishli L-Kon-1 tarmog‘i ishga kiritildi.
Isteʼmolchilar elektr taʼminoti tiklanmoqda.
Soat 23:39 da isteʼmolchi elektr taʼminoti to‘liq tiklandi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati