

Quyosh panellari o‘rnatganlarga 209 mlrd so‘mdan ziyod subsidiya berilgan
2025-yilda 45 381 nafar jismoniy shaxs elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun 209 mlrd 201 mln so‘m davlat budjetidan subsidiya oldi.
Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to‘g‘ri kelmoqda:
⇒ Xorazm viloyati – 55,4 mlrd so‘m;
⇒ Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 29,1 mlrd so‘m;
⇒ Buxoro viloyati – 25,7 mlrd so‘m.
► Subsidiyani “Soliq” mobil ilovasi “Keshbek va imtiyozlar” xizmatining “Quyoshli xonadon” bo‘limidagi “Kartaga pul o‘tkazish” oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 1-apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt•soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.
⇒ Qayta tiklanuvchi energiya manbalari uchun imtiyozlar
Manba: https://t.me/minenergy_uz/19058
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati