2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Toshkent shahri: 35 kV kuchlanishli L-Astronomik elektr uzatish tarmog‘idagi nosozlik bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti to‘liq tiklandi
  • 03.02.2026
  • 34

Bugun soat 07:42 da Toshkent shahrida joylashgan “Botanika” podstansiyasidan chiquvchi 35 kV kuchlanishli L-Astronomik elektr uzatish tarmog‘i himoya tizimi ishlashi oqibatida favqulodda o‘chdi.

Natijada mazkur energetika obyekti orqali taʼminlanuvchi Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlari isteʼmolchilari (12 MVt) elektr taʼminotida vaqtincha uzilishlar kuzatilmoqda. 

Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda va qisqa fursatlarda nosozlik bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Soat 13:18 da Toshkent shahrida joylashgan “Botanika” podstansiyasidan chiquvchi 35 kV kuchlanishli L-Astronomik elektr uzatish tarmog‘idagi nosozlik bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti to‘liq tiklandi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati