2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ENERGETIKA VAZIRLIGI: 2026-yilda issiqlik elektr stansiyalarida ta’mirlash kampaniyasi natijasida qo‘shimcha 182 MVt quvvat tiklanadi
  • 06.02.2026
  • 20

#elektr_energiyasi 

2026-yilda issiqlik elektr stansiyalarida ta’mirlash kampaniyasi natijasida qo‘shimcha 182 MVt quvvat tiklanadi

Joriy yilda issiqlik elektr stansiyalari va markazlarida ta’mirlash kampaniyasi doirasida jami 35 ta energoqurilmada mukammal va o‘rta ta’mirlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Jumladan, 9 ta energoblok, 12 ta qozon qurilmasi, 6 ta bug‘-gaz qurilmasi, 3 ta gaz-turbina qurilmasi, 3 ta turbina qurilmasi hamda 2 ta gaz-porshen agregati ta’mirlanadi.

Hozirgi vaqtda generatsiya tizimining asosini umumiy o‘rnatilgan quvvati 13 277 MVt bo‘lgan davlat issiqlik elektr stansiyalari va markazlari tashkil etadi. Ularda 153 ta energoqurilma ishlamoqda, ularning 37 tasini (6 711 MVt yoki 51 foizi) yangi zamonaviy, energiya samarador hamda tejamkor qurilmalar, qolgan 116 tasini (6 566 MVt yoki 49 foizi) an’anaviy qurilmalar tashkil etadi.
2026-2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida issiqlik elektr stansiyalaridagi ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng, mavjud ishlab chiqarish quvvatlari elektr energiyasi bo‘yicha 182 MVtga, issiqlik energiyasi bo‘yicha esa 200 Gkal/soatga tiklanadi hamda uskunalarning eskirish darajasi 49 foizdan 47 foizga pasayishiga erishiladi.
⚡️Bu borada, mavsumga tayyorgarlik jarayonida tasdiqlangan ish rejalariga qat’iy rioya etish, sozlash ishlarini sifatli bajarish hamda ijro intizomini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilangan. Shu bilan birga, joriy ta’mirlash kampaniyasini samarali tashkil etish maqsadida mahalliy mutaxassislar malakasini oshirish ham amalga oshiriladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, ta’mirlash ishlarida ishlab chiqaruvchi korxonalar – “General Electric” (AQSH), “Mitsubishi Corporation” (Yaponiya), “Harbin Electric Corporation” (Xitoy) kompaniyalari mutaxassislari ham  ishtirok etadilar.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/19075 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati