2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Qashqadaryo viloyati: L-Yakkabog‘-2 elektr uzatish havo tarmog‘idagi nosozlik bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminotida to‘liq tiklandi
  • 07.02.2026
  • 12

Bugun soat 18:51 da Qashqadaryo viloyatida 110 kV kuchlanishli L-Yakkabog‘-2 elektr uzatish havo tarmog‘i favqulodda o‘chdi.

Natijada  Qamashi, Yakkabog‘, Shahrisabz, Kitob tumanlarining ayrim hududlari isteʼmolchilarining elektr taʼminotida vaqtincha uzilishlar kuzatilmoqda. 

Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, isteʼmolchilarni boshqa manba orqali taʼminlash choralari ham ko‘rilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Soat 21:20 da 110 kV kuchlanishli L-Yakkabog‘-2 elektr uzatish havo tarmog‘idagi nosozlik bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminotida to‘liq tiklandi. 

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati