2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Jizzax viloyati: 110 kV kuchlanishli L-Yangiqishloq elektr uzatish tarmog‘i isteʼmolchilarining elektr taʼminoti isteʼmolchilari elektr taʼminoti boshqa manbalar orqali tiklandi
  • 09.02.2026
  • 7

Bugun soat 12:53 da Jizzax viloyatida 110 kV kuchlanishli L-Yangiqishloq elektr uzatish havo tarmog‘i himoya tizimi ishlashi oqibatida favqulodda o‘chdi.

Natijada “Nurafshon” podstansiyasi orqali taʼminlangan ayrim isteʼmolchilarining elektr taʼminotida vaqtincha uzilishlar kuzatilmoqda. 

Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, isteʼmolchilarni boshqa manba orqali taʼminlash choralari ham ko‘rilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Soat 13:20 da “Nurafshon” podstansiyasi orqali taʼminlangan — Forish tumanining ayrim hududlari isteʼmolchilari elektr taʼminoti boshqa manbalar orqali tiklandi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati