

O‘zbekiston Respublikasining magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish, ularni rivojlantirish, podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, elektr energiyasini yetkazib berish, shuningdek, davlatlararo tranzit va hamkorlikni amalga oshirish — «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
⚡️ 110/6 kV kuchlanishli “Tozabuloq” podstansiyasidagi nosozlik alomatlari aniqlangan T-1 transformatori o‘rniga quvvati 6.3 MVA bo‘lgan transformatorni o‘rnatish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
⚙️ Ayni paytda podstansiyada demontaj, montaj va sozlash ishlari malakali mutaxassislar tomonidan texnik xavfsizlik qoidalariga to‘liq rioya etilgan holda olib borilmoqda. Ushbu ishlar elektr ta’minotining ishonchliligini oshirish hamda iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan.
Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ “Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali