2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 10/10 kV kuchlanishli “Dauqara” podstansiyasidagi nosozlik bartaraf etilib, meʼyoriy sxema tiklandi
  • 10.02.2026
  • 18

Bugun soat 01:20 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Taxtako‘pir tumanida joylashgan 110/10 kV kuchlanishli “Dauqara” podstansiyasidagi 1-sonli transformator himoya tizimidan favqulodda o‘chgan edi.

Natijada Taxtako‘pir tumani ayrim isteʼmolchilarining elektr taʼminotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatildi. Shuningdek, tezkorlik bilan isteʼmolchilarni boshqa manba orqali taʼminlash choralari ko‘rildi.

Oradan birmuncha vaqt o‘tib, soat 12:26 da maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlik bartaraf etilib, meʼyoriy sxema tiklandi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz. 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati