2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Qashqadaryo viloyati: L-Qoraxitoy-2 liniyasida aniqlangan nosozlik bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminotining meʼyoriy sxemasi tiklandi
  • 10.02.2026
  • 21

Bugun soat 04:53 da Qashqadaryo viloyatida 110 kV kuchlanishli L-Qoraxitoy-2 elektr uzatish havo tarmog‘i himoya tizimi orqali favqulodda o‘chgan edi.

Natijada Koson tumanining ayrim isteʼmolchilari elektr taʼminotida vaqtincha uzilishlar kuzatilmoqda. 

Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, isteʼmolchilarni boshqa manba orqali taʼminlash choralari ham ko‘rilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Soat 14:29 da 110 kV kuchlanishli L-Qoraxitoy-2 elektr uzatish havo tarmog‘ida aniqlangan nosozlik bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminotining meʼyoriy sxemasi tiklandi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati