

Qamashi tumanida tug‘ilib o‘sgan, butun mehnat faoliyati davomida Qashqadaryo viloyatida elektr energiyasi sohasi rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shgan, rahbarlik lavozimlarda samarali xizmat qilgan, Prezidentimiz tomonidan bir qator davlat mukofotlari bilan taqdirlangan taniqli mutaxassis — Erkin Namozovning vafot etgani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik.
Marhum Qashqadaryo viloyati elektr energetikasi tizimini mustahkamlash, sohada barqaror ish faoliyatini taʼminlash, muhim loyihalarni amalga oshirishda jonkuyar mutaxassis sifatida faol ishtirok etgan. Uning kasbiy salohiyati, masʼuliyati va fidoyiligi hamkasblari hamda keng jamoatchilik o‘rtasida katta hurmat-eʼtibor qozongan edi.
Erkin Namozovning yorqin xotirasi energetiklar jamoasida, yaqinlari va uni bilgan barcha insonlar qalbida abadiy saqlanib qoladi.
Marhumning oila aʼzolari, yaqinlariga "O‘zbekison MET" AJ jamoasi nomidan chuqur taʼziya bildiramiz.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati