2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SIRDARYO VILOYATI: “Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan profilaktika ishlari olib borildi
  • 12.02.2026
  • 25

⚡️ Elektr ta’minoti barqarorligi va ishonchliligini ta’minlash maqsadida “Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 110 kV kuchlanishli L–Sirdaryo–2 hamda 35 kV kuchlanishli L–Markaz–2 havo elektr uzatish liniyalarida profilaktika ishlari amalga oshirildi.

Mazkur ishlar davomida:

✔️ texnik nosoz holatga kelgan izolyatorlar almashtirildi;

✔️ elektr tarmoqlarida avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida qushlar qo‘nishiga qarshi maxsus moslama (ППЗ) lar o‘rnatildi.

✔️ Profilaktika tadbirlari malakali mutaxassislar tomonidan amaldagi texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda bajarildi.

Mazkur ishlar elektr uzatish liniyalarining uzoq muddatli va barqaror ishlashini ta’minlash, shuningdek, iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berishga xizmat qiladi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ "SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI

kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/SirdaryoMET_Axborot