2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Toshkent shahri: 35 kV kuchlanishli L-ZIPS-1 elektr uzatish kabel tarmog‘idagi nosozlik bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti to‘liq tiklandi
  • 12.02.2026
  • 10

Bugun soat 10:12 da Bektemir tumanida 35 kV kuchlanishli L-ZIPS-1 elektr uzatish kabel tarmog‘i favqulodda o‘chdi.

Natijada Bektemir tumani ayrim isteʼmolchilarining elektr taʼminotida vaqtincha uzilishlar kuzatilmoqda. 

Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, isteʼmolchilarni boshqa manba orqali taʼminlash choralari ham ko‘rilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Soat 12:20 da 35 kV kuchlanishli L-ZIPS-1 elektr uzatish kabel tarmog‘idagi nosozlik bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti to‘liq tiklandi. 

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmat