2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ENERGETIKA VAZIRLIGI: 2026-yil boshidan buyon quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 1 mlrd kVt⋅soatga yetdi
  • 13.02.2026
  • 10

#yashil_energetika

2026-yil boshidan buyon quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 1 mlrd kVt⋅soatga yetdi

Bugun soat 12:30 holatiga koʻra, Oʻzbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2026-yil boshidan beri ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 1 mlrd kVt⋅soatni tashkil qildi.

Aytish joizki, bugungi kunda yurtimizda umumiy quvvati 5 582 megavatt boʻlgan 15 ta quyosh fotoelektr stansiyasi hamda 5 ta shamol elektr stansiyasi “yashil” energiya ishlab chiqarmoqda.

Maʼlumki, mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanila boshlangan 2022-yili Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi quyosh fotoelektr stansiyalari tomonidan 434 mln kVt⋅soat, 2023-yilda esa 576,9 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan edi.

2024-yili 9 ta quyosh va 1 ta shamol elektr stansiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan jami elektr energiyasi hajmi 4 mlrd 860 mln kVt·soatni tashkil qilgan bo‘lsa, 2025-yilda barcha quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 10,5 mlrd kVt⋅soatga yetdi.

Aytish joizki, 2026-yil boshidan 13-fevral kuni soat 12:30 holatiga qadar quyosh fotoelektr stansiyalari tomonidan 396 mln kVt⋅soat, shamol elektr stansiyalari tomonidan esa 604 mln kVt⋅soat, jami 1 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

Ma’lumot uchun: 2026-yilning boshidan bugungi kungacha quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 2025-yilning mos davridagiga nisbatan 400 mln kVt·soat yoki 40 foizga ko‘p elektr energiyasiishlab chiqarildi.

Buning natijasida:

➖ 267 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;

➖ atmosferaga 575 ming tonnadan ortiq zararli moddalar chiqishining oldi olindi.

Qolaversa, joriy yil boshidan bugun, 13-fevral soat 12:30 ga qadar Oʻzbekistondagi barcha gidroelektr stansiyalar va quyosh hamda shamol elektr stansiyalari tomonidan 1 mlrd 570 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

Buning natijasida:

➖ 400 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;

➖ atmosferaga 863 ming tonnadan ortiq zararli moddalar chiqishining oldi olindi.

Maʼlumot uchun: mazkur hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 5 millionta xonadonning 1,5 oylik yoki 625 mingta xonadonning bir yillik meʼyoriy bazasini tashkil qiladi.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/19110

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati