2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Toshkent shahri: “Bektemir” podstansiyasining 10 kV kuchlanishli qurilmasidan chiquvchi tarmoqlarga kuchlanish berilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti tiklandi
  • 13.02.2026
  • 7

Bugun soat 11:15 da Toshkent shahridagi “Bektemir” podstansiyasining 10 kV kuchlanishli qurilmasi favqulodda o‘chdi.

Natijada Bektemir tumanining ayrim hududlari isteʼmolchilari elektr taʼminotida vaqtincha uzilishlar kuzatilmoqda. 

Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, isteʼmolchilarni boshqa manba orqali taʼminlash choralari ham ko‘rilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Soat 12:08 da “Bektemir” podstansiyasining 10 kV kuchlanishli qurilmasidan chiquvchi tarmoqlarga kuchlanish berilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti tiklandi. 

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati