2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Hisobotlar
2025-YIL SARHISOBI: Modernizatsiya dasturi va yangi qurilish doirasida 6 ta podstansiyada jami 1 117 MVA qo‘shimcha quvvat yaratildi (17-sonli)
  • 17.02.2026
  • 64

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida elektr energiyasini uzatish, tizimlarni ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot-maʼlumotoma.

O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati (Aksiyadorlik jamiyatining Yagona aksiyadori Iqtisodiyot va moliya vazirligi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi

O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yana-da rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PQ–4249-sonli Qaroriga asosan tashkil etildi bo‘lib, asosiy faoliyati elektr energiyasini transportirovkasi va davlatlararo tranzitni amalga oshirishdan iborat.

Aksiyadorlik jamiyati tarkibiy tuzilmasida 17 ta filial va 1 ta direksiya mavjud (14 ta MET, “Energomaxsusavto”, “Energo-IT”, “Magistraltarmoqqurilish” filiallari, «500 kV kuchlanishli Surxon–Puli-Xumri elektr uzatish tarmog‘i qurilishi» direksiyasi) bo‘lib, unda jami 8 489 nafar (2 810 nafari oliy, 3 875 nafari o‘rta-maxsus, 1 804 nafari o‘rta maʼlumotli) rahbar va ishchi-xodimlar mehnat faoliyati yuritadi.

1. ASOSIY TEXNIK KO‘RSATKICHLAR BO‘YICHA:

Aksiyadorlik jamiyatida jami 1 583 ta podstansiya mavjud, shundan 500 kV kuchlanishli 8 ta, 220 kV kuchlanishli 78 ta, 110 kV kuchlanishli 619 ta va 35 kV kuchlanishli 878 ta;

· kuch transformatori jami 2 619 ta bo‘lib, shundan 500 kV kuchlanishli 48 ta, 220 kV kuchlanishli 171 ta, 110 kV kuchlanishli 1 076 ta hamda 35 kV kuchlanishli 1 324 tani;

· jami quvvati 51 830 MVA, shundan 500 kV kuchlanishli 8 316 MVA, 220 kV kuchlanishli 21 966 MVA, 110 kV kuchlanishli 15 897 MVA hamda 35 kV kuchlanishli 5 650 MVAni ;

· tarmoqlar jami 37 211 km mavjud, shundan 500 kV tarmoqlar 2 736 km, 220 kV tarmoqlar 8 986 km, 110 kV kuchlanishli tarmoqlar 14 202 km hamda 35 kV kuchlanishli tarmoqlar 11 288 kilometrni;

· tayanchlar soni jami 138 672 ta, shundan 500 kV 7 633 ta, 220 kV 30 940 ta,110 kV 436 478 ta hamda 35 kV 53 621 tani tashkil etadi.

2. ELEKTR ENERGIYASINI UZATISH (TRANSPORTIROVKA VA TRANZIT) BO‘YICHA:

Aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2025-yil davomida transportirovka qilingan elektrenergiyasimiqdori jami 78,4 mlrd. kVt∙soatni tashkil etdi. Qo‘shni davlatlarga tranzit qilingan elektr energiyasi miqdori jami 1 176,5 mln. kVt∙soatni(Qozog‘iston-Qozog‘iston, Turkmaniston-Qirg‘iziston) tashkil etgan.

Energiya tejamkorligi va samaradorligi, elektr energiyasi isteʼmolini tejash bo‘yicha:

· Elektr energiyasini tejash rejasi 109,4 mln. kVt∙soat etib belgilangan va amalda 110,0 mln. kVt∙soat yoki rejaga nisbatan 100,6 foizni tashkil etgan.

· Xo‘jalik isteʼmoli rejasi 4,9 mln. kVt∙soat belgilangan va amalda 3,1 mln. kVt∙soat tashkil etib, 1,8 mln. kVt∙soat tejalishiga erishildi.

· O‘z isteʼmoli rejasi 68,6 mln. kVt∙soat etib belgilangan va amalda 41,3 mln. kVt∙soat tashkil etib, 27,3 mln. kVt∙soat tejalishiga erishildi.

Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi bino va inshootlarga jami 833 kVt quvvatli quyosh panellari o‘rnatildi. Ular orqali 949,7 ming kVt∙soat yashil energiya hosil qilinib, shundan 645,3 ming kVt∙soat o‘z ehtiyojlari uchun foydalanildi, 304,4 ming kVt∙soat elektr taʼminoti korxonalariga uzatildi. Bundan tashqari, Aksiyadorlik jamiyatida mehnat faoliyati yurituvchi 69 nafar xodimlari tomonidan o‘z yashash xonadonlariga jami 454 kVt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatildi.

Elektr energiyasi hisobini yuritish bo‘yicha:

Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi 1 583 ta podstansiyalardagi tijorat va texnik o‘lchov nuqtalarida o‘rnatildi jami 17 321 ta (3 300 ta MET filiallarida texnik va nazorat, 14 021 ta taqsimlovchi tarqatuvchi tarmoqlardagi tijorat hisoblagichlar) elektr hisoblagichlarni “HET” AJning “Elektr energiyasini sotishni avtomatlashtirish markazi” filialida joriy qilingan CAS dasturiga mos keladigan 6 169 ta hisoblagichlarga almashtirildi.

3. ELEKTR ENERGIYASINI UZATISH TIZIMLARINI EKSPLUATATSIYA QILISH BO‘YICHA:

Transformatorlarni sovitish tizimlaridagi 149 ta dvigatel va 3 ta moy nasosi taʼmirlangan, elektr uzatish havo tarmoqlarida rejali, navbatdan tashqari va davriy ko‘riklar o‘tkazildi hamda 20 014 ta izolyator, 4 975 ta qush qo‘nishidan himoya qilish moslamalari o‘rnatildi.

Tarmoqlar va podstansiyalardagi elektr qurilmalarining kontakt birikmalari teplovizor qurilmasi yordamida yil boshidan 190 ta podstansiya elektr qurilmalarning kontakt birikmalari hamda 17 150 km elektr tarmoqlari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, aniqlangan qizishlar o‘z vaqtida bartaraf qilindi.

Shuningdek, taqsimlash tarmoqlarining 272 ta podstansiyasida va 18 005 km tarmog‘ida teplovizor ko‘rigi o‘tkazildi.

Yuqori kuchlanishli magistral elektr uzatish tarmoqlarini ko‘rikdan o‘tkazish samaradorligini oshirish, yaʼni borish qiyin bo‘lgan hududlar, muhofaza zonasidagi yangi qurilishlar, daraxtzorlarni aniqlash hamda avariyaviy holatlar sodir bo‘lganda elektr tarmog‘ining shikastlangan joyini qisqa muddatlarda topish maqsadida dron orqali 845 km tarmoq nazorat ko‘rigidan o‘tkazildi.

Ko‘rikdan o‘tkazish ishlari davomida aniqlangan nuqsonlar o‘z vaqtida bartaraf etilib, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyaviy o‘chishlarning oldi olindi.

2025-yil davomida belgilangan rejalarga muvofiq jami 1 571 km tarmoq, 44 ta transformator, 124 ta kommutatsion apparatlar mukammal taʼmirlangan, 17 225 km tarmoqlari, 2 724 ta transformator, 4 088 ta kommutatsion apparatlar joriy taʼmirlandi.

Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini ishonchli ishlashini taʼminlash maqsadida 200 tonna transformator moyi, 35 tonna turli rusumdagi simlar, 10 km kabel mahsulotlari, 60 dona metall va temir-beton tayanch, 10 ming ta izolyator, 1 tonna texnik plastina, 21 ta magistral tarmoq podstansiyalari uchun hamda 37 ta 110 kV kuchlanishli, 39 ta 35 kV kuchlanishli taqsimlash tarmoqlari podstansiyalari uchun turli quvvatdagi transformatorlar zaxirasi yaratildi.

Avariyalarni tezkor bartaraf etish maqsadida 222 ta navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilib, ular maxsus avtotransport, zaruriy ehtiyot qismlar, aloqa hamda himoya vositalari bilan to‘liq taʼminlangan.

Elektr qurilmalarda avariyaviy holatlar sodir bo‘lganda axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish, maʼlumotlarni tahlil qilish hamda zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish maqsadida “Situatsion tahlil boshqarmasi” 24 soatlik ish rejimida faoliyat yuritmoqda.

Favqulotda o‘chishlar, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha:

Hukumatning 2014-yil 6-martdagi “Yagona elektr energetikasi tizimida texnologik buzilishlarni tekshirish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 54-son  (2025-yil 31-dekabrdan 850-sonli) qaroriga asosan 2025-yilda magistral elektr tarmoqlarida 63 marotaba II darajali o‘chishlar hisobga olingan bo‘lib, avariyaviy o‘chishlar sodir bo‘lmagan.

2025-yilda Aksiyadorlik jamiyati filiallarida 3 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan. “Navoiy MET” filialida o‘lim oqibatli, “Qoraqalpog‘iston MET” filialida o‘lim oqibatli, “Toshkent MET” filialida o‘rta og‘ir jarohatli baxtsiz hodisa. Har bir holat bo‘yicha vakolatli organlar surishtiruv-tekshiruvi (tergovi) o‘tkazilgan, xavfsizlik texnikasi talablarini o‘rgatish va unga rioya qilishni nazorat qilish bo‘yicha tegishli ishlar olib borildi.

Hukumatning 598-sonli qarori ijrosi bo‘yicha

Bosh pudratchi — O‘zbekenergotaʼmirAJ bilan (12 ta subpudratchi) “tayyor holda topshirish” (fast-track” usulida) tamoyili asosida umumiy qiymati 1 424,0 mlrd. so‘mlik shartnomalar imzolangan, 719,1 mlrd so‘m to‘lovlar amalga oshirildi.

2025–2026-yillarda jami 40taobyektda (23ta podstansiya, 17ta tarmoq)modernizatsiya qilinishi belgilangan. 2025-yilda 1 ta elektr uzatish havo tarmog‘i qurilish ishlari yakunlandi, 21 ta (8 ta tarmoq, 13 ta podstansiya) ishlar boshlangan.

2025-yilda ishga tushirilishi belgilangan L-Istiqbol-1 va L-Istiqbol-2   110 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i 220 kV kuchlanishli “Sergeli” podstansiyasiga ulash bo‘yicha ishlar yakunlangan.

Hukumatning 599-son qarori ijrosi bo‘yicha:

· Bosh pudratchi — O‘zbekenergotaʼmirAJ bilan umumiy qiymati 836,4 mlrd. so‘mlik shartnomalar imzolangan, 250,9 mlrd so‘m to‘lov amalga oshirildi.

· Bosh pudratchi — O‘zenorgoinjiniringAJ bilan umumiy qiymati 77,6 mlrd. so‘mlik shartnomalar imzolangan, 23,3 mlrd so‘m to‘lov amalga oshirildi.

Shuningdek, Hukumatning tegishli topshirig‘i bilan chora-tadbirlar rejasi (obyektlar ro‘yxati) tasdiqlandi. Qaror asosida modernizatsiya qilinadigan obyektlar soni 94 ta etib belgilandi.

· 53 ta podstansiya (110 kV kuchlanishli 26 ta va 35 kV kuchlanishli 27 ta);

· 930 km tarmoq 41 ta obyekt (110 kV kuchlanishli 21 ta va 35 kV kuchlanishli 20

· 23 ta yangi transformator xarid qilindi, quvvati 175,0 MVA;

· 3 ta podstansiyada yangi KRUN yacheykalari o‘rnatildi;

· 99 tonna sim xarid qilindi (o‘ta yuklama bilan ishlayotgan tarmoqlarda 58 km sim almashtirildi).

Maxsus avtotransport bo‘yicha:

Aksiyadorlik jamiyati filiallarida 394 dona maxsus transport vositalari mavjud bo‘lib, shundan 17 dona avtobus, 197 dona maxsus avtotransport (manipulyator, yuk ortuvchi, ko‘taruvchi va laboratoriya), 116 dona yuk tashuvchi transportlar, 64 dona mexanizatsiya (traktor, buldozer, ekskovator) texnikalari mavjud.

4. INVESTITSIYA LOYIHALARINI AMALGA OSHIRILISHI BO‘YICHA

2025-yil uchun 393,0 mln dollar xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 413,1 mln dollar (rejaga nisbatan 105,1 foiz) o‘zlashtirishtirildi, shundan 150,9 mln dollar davlat kafolati ostidagi chet el mablag‘lar va 262,2 mln dollar boshqa xorijiy investitsiya mablag‘larini tashkil etgan.

Investitsiya loyihalari doirasida konsalting kompaniyalari hamda bosh pudratchilarni tanlash bo‘yicha o‘tkazildi xalqaro tender savdolari natijalariga ko‘ra tender g‘oliblari bilan 126,2 mln dollar miqdoridagi 11 ta shartnoma imzolangan.

Shuningdek, 79,9 mln dollar qiymatidagi 1 ta loyiha bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslari tasdiqlangan hamda 42,0 mln dollar qiymatidagi 1 ta loyiha bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqish va kelishish ishlari yakunlanib, tasdiqlash uchun Hukumat komissiyasiga kiritildi.

Xorijiy investitsiyalar xisobidan umumiy qiymati 200,2 mln dollar bo‘lgan 2 ta investitsiya loyihasi doirasida 213 km 220 kV kuchlanishli va 209 km 500 kV kuchlanishli tarmoq hamda 1 602 MVA quvvatli 1 ta 500 kV kuchlanishli podstansiya qurilish ishlari yakunlangan.

O‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirildi loyihalarni amalga oshirilishi bo‘yicha:

Hukumatning 53-sonli qaroriga asosan investitsiya dasturi doirasida soha mablag‘lari hisobidan 8 ta investitsiya loyihalar bo‘yicha jami 49,4 mln dollar o‘zlashtirish belgilangan va amalda 59,9 mln dollar o‘zlashtirilib, reja 121 foizga bajarildi.

Amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida 54 km 220 kV elektr uzatish tarmog‘i hamda 500 MVA 1 ta 220 kV podstansiya ishga tushirildi. Modernizatsiya dasturi va yangi qurilish doirasida 6 ta podstansiyada jami 1 117 MVA qo‘shimcha quvvat yaratildi.

“Magistral elektr tarmoq podstansiyalari ishonchliligini oshirish” (podstansiyalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, faza-1 doirasida ishlarni yakunlash) loyihasi umumiy qiymati 292,1 mln dollar bo‘lib, 2017-2025-yillardaJahon banki va soha mablag‘lari hisobidan amalga oshirilib, magistral elektr tarmoqlaridagi 500-220 kV kuchlanishli 22ta podstansiyalarda modernizatsiya ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, erkin iqtisodiy va maxsus sanoat zonalar, texnoparklarning tashqi elektr taʼminoti uchun jami 6 ta, “Yangi O‘zbekiston” massivlarining tashqi elektr taʼminoti bo‘yicha 5 ta loyihalar doirasida 2025–2026-yillarda davlat byudjeti hisobidan amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, ishlar davom ettirilmoqda.

5. TRANSFORMATSIYA JARAYONLARINI AMALGA OSHIRISH BO‘YICHA:

 

Aksiyadorlik jamiyatini institutsional rivojlantirish, elektr energiyasining erkin bozoriga tayyorlash, uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarni ishlab chiqish, iqtisodiy va inson resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etish, tizimga raqamli texnologiyalarni va dasturiy taʼminotlarni yana-da kengroq joriy qilish, boshqaruvda va texnologik jarayonlarda inson omilini qisqartirib, adolatli tizimlarni yaratish, korrupsiyani oldini olish, operatsion samaradorlikni oshirish, elektr energetika tizimini ishonchliligi va xavfsizligini taʼminlash hamda shu kabi boshqa muhim ijtimoiy, iqtisodiy va texnologik vazifalarni amalga oshirishga eʼtibor qaratildi.

Hukumatning 844-sonli qaroriga muvofiq “Hududiy ET” AJ tizimidagi mavjud 35 kV va undan yuqori kuchlanishli podstansiya va havo tarmoqlari Aksiyadorlik jamiyati tasarrufiga balans qiymatida o‘tkazilib, uzatish tarmog‘i sifatidagi salohiyati va aktivlari qiymati oshirildi.

Xalqaro konsalting kompaniyasi ishtirokida kompaniyaning 2035-yilgacha mo‘ljallangan moliyaviy modeli ishlab chiqilib, uni muntazam yangilab borish tizimi yo‘lga qo‘yildi.Xalqaro kredit reyting agentliklarining tavsiyalariga asosan mustaqil (standalone) kredit reytingini oshirish bo‘yicha Fitch reytings va S&P xalqaro kredit reyting kompaniyalari jalb etildi.

Ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etish yo‘lga qo‘yildi, hozirda E&Y konsalting kompaniyasi tomonidan ESG diagnostikasi o‘tkazilib, natijalarining tahlili va aniqlangan ESG bo‘shliqlarini bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar va tashabbuslar ro‘yxati ishlab chiqildi. Atmosferaga chiqariladigan Scope 1 va Scope 2 issiqxona gazlarining miqdoriy o‘lchovlari baholangan, shuningdek ESG barqaror rivojlanish hisobotini yakunlash jarayoni ketmoqda.

Xalqaro konsalting kompaniyalari ishtirokida xarid jarayonlarining korrupsiyaga qarshi himoya tizimini yaratish va “forenzik” audit tekshiruvlarini o‘tkazish maqsadida PWC xalqaro konsalting kompaniyasi jalb etildi, hozirda audit yakunlanish bosqichida ishlar davom ettirilmoqda.

Kompaniyaning yangi investitsiya siyosati ishlab chiqildi, xodimlarni rivojlantirish, moslashtirish va samaradorligini oshirishni o‘z ichiga olgan HR-strategiya tasdiqlangan.

Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS)ni sifatli joriy etish bo‘yicha uch nafar xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan mutaxassislar shakllantirildi, 2024-yil va 2025-yilning 6 oyligi uchun xalqaro auditorlar tasdiqlagan yillik IFRS hisobotlari tayyorlanib, nashr etildi.

Jahon bankining boshqa “Institutsional salohiyatni oshirish” (IBL) loyihasi doirasida umumiy miqdori 430 ming AQSH dollari qiymatidagi grant mablag‘lari hisobiga katta to‘rtlikka kiruvchi “PWC” xalqaro konsalting kompaniyasi jalb etildi va 3 ta loyiha amalga oshirildi:

· Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS)ga muvofiq yangi moliyaviy hisobot siyosati ishlab chiqildi;

· Qisqa, o‘rta va uzoq muddatli byudjetlashtirish tizimi joriy etildi;

· COSO (Committee of Sponsoring Organizations of the Treadway Commission) konsepsiyasiga asoslangan risklarni boshqarish tizimi joriy etildi.

Eslatib o‘tamiz, COSO konsepsiyasi – bu tashkilotlarda ichki nazorat va risklarni boshqarish tizimlarini tashkil qilish va baholash uchun keng qabul qilingan standartlar to‘plami hisoblanadi.

Mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha ISO 9001, korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha ISO 37001, risklarni boshqarish bo‘yicha ISO 31000, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ISO 14001, mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘yicha ISO 45001 hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha ISO 50001 xalqaro standartlari joriy etildi.

Jamiyatda 2019-2024-yillar uchun MHXS (Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari) asosidagi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar bo‘yicha ijobiy auditorlik xulosalari olingan. 2025-yil uchun konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar 2026-yilning 15-iyuniga qadar auditorlik tekshiruvlari yakuniga ko‘ra xulosalar olish belgilangan.

Hukumatning tegishli qarori muvofiq “HET” AJ tizimidagi 35–110 kV kuchlanishli 1 492 ta podstansiya va 23 927 km tarmoqlari jamiyat balansiga o‘tkazildi.

Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirildi axborot-o‘lchov tizimi (AISKUE) ishga tushirildi.

Raqamlashtirish bo‘yicha:

Xaridlar jarayonining shaffofligi taʼminlangan. Barcha xaridlar korrupsiyaviy risklarni minimallashtirish va inson omilini qisqartirish maqsadida elektron savdo tizimlari orqali amalga oshirildi.

“O‘zbekiston Respublikasi energotizimidagi elektr tarmoqlarining raqamli modeli va interaktiv xaritasi” loyihasi ishga tushirildi. Yuqori kuchlanishli podstansiyalar hamda havo tarmoqlarining kadastr hujjatlari hamda muhofaza mintaqalarini qamrab olgan “Geoaxborot tizimi” yaratildi. Kadastr agentligiga telekommunikatsiya tarmoqlari orqali davlat kadastrlari maʼlumotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqdim etish yo‘lga qo‘yildi.

Aksiyadorlik jamiyatining lokal hisoblash tarmog‘i qayta tashkil qilingan hamda axborot xavfsizligi talablariga muvofiq tarmoq xavfsizligini taʼminlash, resurslarga kirishni boshqarish va tarmoqni optimallashtirish maqsadida faol katalog (Active Directory) xizmati ishga tushirildi. Bu tizim bir serverdan butun tarmoqdagi qurilmalar va foydalanuvchilarni ishonchli boshqarish imkonini taʼminlangan. Raqamlashtirish bo‘yicha sohaga oid mavzularda video va audio darslarini tayyorlash va joylarda xodimlarga yetkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi va davom ettirilmoqda.

2025-yil 30-aprelda ERP loyihasi bo‘yicha xalqaro Consortium TERRALINK bilan shartnoma imzolangan, 2025-yil dekabr holatiga biznes-jarayonlarni tahlil qilish, tizim arxitekturasi va texnik sozlash ishlari yakunlanib, uskuna va dasturiy taʼminot 100% yetkazib berildi.

Shuningdek, 2025-yil yanvar oyidan 500 kV kuchlanishli podstansiyalar uchun loyihalash, rekonstruksiya va monitoringni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 3D raqamli modellar ishlab chiqildi. 2025-yil may oyidan boshlab 35-110 kV kuchlanishli podstansiyalar perimetrlariga 1 065 dona aqlli video kuzatuv qurilmalari o‘rnatildi, dekabr oyida 4 ta operativ guruh bodi-kamera bilan taʼminlanib, xizmat faoliyatida shaffoflik va xavfsizlikni oshirish bo‘yicha sinov loyihasi joriy etildi.

Kadrlar malakasini oshirish uchun 2025-yil oktyabr oyida Xitoyning Shenjen shahrida energetika sektori uchun kiberxavfsizlik, raqamlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha o‘quv seminarida ishtirok etildi.

Maʼlumotlar, tizimlar va texnologiyalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni belgilovchi yagona IT-arxitektura yaratildi, Aksiyadorlik jamiyatining 2030-yilgacha mo‘ljallangan raqamlashtirish strategiyasi ishlab chiqilib, tasdiqlash uchun Kuzatuv kengashiga kiritildi, CAS dasturi va “Energonazorat” platformasi integratsiya qilingan, API ishlab chiqilib, o‘zaro maʼlumot almashinuvi va hisoblash metodologiyalari joriy etildi.

6. KOMPLAYENS FAOLIYATI SAMARADORLIGI BO‘YICHA:

Aksiyadorlik jamiyatining muvofiqlik tizimi (komplayens) xizmatida shtatlar soni bo‘yicha 2ta, yaʼni xizmat boshlig‘i va bosh mutaxassis faoliyat olib bormoqda. 2025 yilda Jamiyatning xodimlari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi hamda korrupsiyaviy holatlar aniqlanmagan. “E-Anticor” platformasiga har chorak yakuni bilan tegishli maʼlumotlar kiritilib borildi.

Shuningdek, 2025-yil 24-aprelda Aksiyadorlik jamiyatining Muvofiqlik tizimi (komplayens) xizmati tomonidan iqtisodiy o‘qish tashkil etildi. Tadbirda Jamiyat va uning hududiy filiallaridan 150 nafar rahbar va xodimlar ishtirok etib, ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

2025-yilning iyun oyida “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” ISO 37001:2025 Xalqaro standart bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etildi va o‘quv kursida Aksiyadorlik jamiyati markaziy apparati va uning hududiy filiallaridan 40 nafar xodim qatnashib, korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishida o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab tegishli sertifikatlarni olgan.

Ishga joylashayotgan nomzodlarni tekshirish reyestri yuritilib 2025-yilda ishga qabul qilingan 17 nafar xodim o‘rganilib, kadrlar boshqarmasiga tegishli xulosalar taqdim qilingan.

Davlat xaridlari bo‘yicha “Eng yaxshi takliflarni tanlab olish” yo‘li bilan o‘tkazildi savdolar bo‘yicha 19 ta kontragent maʼlumotlari o‘rganilib, tegishli xulosalar berildi.

Aksiyadorlik jamiyati markaziy apparati va tashkilot tasarrufidagi hududiy filiallar rahbar va xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida bilim va malakasini oshirish maqsadida 2025-yil sentyabr-oktyabr oylarida Korrupsiyaga qarshi kurashish Virtual akademiyasi o‘quv kurslarida Jamiyat markaziy apparati va filialarining 1 122 nafar rahbar va xodimlari masofaviy o‘qitilib, tegishli sertifikatlarga ega bo‘lishdi.

2025-yilning 25-dekabr kuni Aksiyadorlik jamiyatining Muvofiqlik tizimi komplayens xizmatining faoliyati bo‘yicha xalqaro standart talablaridan kelib chiqqan holda Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi (ISO 37001) bo‘yicha sertifikat olingan.

7. MOLIYAVIY NATIJALAR, XARAJATLARNI QISQARTIRISH BO‘YICHA:

2025-yilda jamiyat bo‘yicha jami 400,0 mlrd so‘m miqdorida sarf xarajatlarni qisqartirish, iqtisod qilish va optimallashtirish rejalashtirildi, amalda 405,3 mlrd so‘mni, jumladan:

I chorak 36,9 mlrd so‘m, amalda 37,1 mlrd so‘m;

II chorak 58,4 mlrd so‘m, amalda 59,1 mlrd so‘m;

III chorak 105,3 mlrd so‘m, amalda 106,2 mlrd so‘m;

IV chorak 199,4 mlrd so‘m amalda 202,6 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 1-yanvar holatiga debitor qarzdorligi 2 738,4 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, bu qarzdorlik 2026 yil 1 yanvar holatiga 4 013,8 mlrd so‘mni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 1 275,4 mlrd so‘mga ko‘paygan.

Maʼlumot uchun: Qarzdorlikning oshishi Hukumatning 598- hamda 599-son qarorlari doirasidagi investitsiya loyihalari uchun pudrat tashkilotlarga ajratildi bo‘naklar hisobidan kelib chiqqan va ishlar bajarilishi bilan kamayadi.

Kreditor qarzdorlik 2025-yil 1-yanvar holatiga 2 134,9 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2026-yil 1-yanvar holatiga 5 707,1 mlrd so‘mni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 3 572,2 mlrd so‘mga oshgan.

Maʼlumot uchun: Hukumatning 844-sonli qaroriga asosan “HET” AJ dan “O‘zbekiston MET” balansiga o‘tkazildi elektr tarmoqlari qiymati (4,2 trln. so‘m) jamiyatlarning ustav kapitalidagi davlat ulushini mos ravishda o‘zgartirish orqali qoplanishi belgilangan. Aksiyadorlik jamiyatning Umumiy yig‘ilishi qarori qabul qilingunga qadar mazkur qiymat kreditor qarzdorlik sifatida qayd etib borilishi sababli qarzdorlik ko‘payishi kuzatilmoqda.

Davlat xaridlari bo‘yicha:

2025-yilda jami 1 720 ta 373,1 mlrd.so‘mlik xaridlar amalga oshirildi. Shundan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “new.cooperation.uz” portalida ro‘yxatdan o‘tgan mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan 381 ta 146,4 mlrd so‘mlik, elektron do‘kon orqali 99 ta 3,5 mlrd so‘mlik, milliy do‘kon orqali 26 ta 286,2 mln so‘mlik hamda Uz.RTXB orqali 290 ta 24,8 mlrd so‘mlik, “Eng maqbul takliflarni tanlab olish” orqali 28 ta 55,8 mlrd so‘mlik, yagona yetkazib beruvchilar orqali 88 ta 48,8 mlrd so‘mlik, хt-xarid.uz 427 ta 12,3 mlrd so‘mlik, tender savdolari orqali 1 ta 12,0 mlrd so‘mlik, “Ekoplatforma.uz” (xarid.uzex.uz) orqali 3 ta 13,1 mlrd so‘mlik hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 sentyabrdagi PQ-3953-son qarori ilovasiga muvofiq) 377 ta 56,0 mlrd so‘mlik, elektron shartnomalar tuzildi. 

8. JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARINI KO‘RIB CHIQISH VA IJRO INTIZOMI BO‘YICHA:

2025-yil davomida jamiyatga jami 231 ta (96 ta sabinet pm2.gov.uz sayti, 50 tasi edo.ijro.uz sayti orqali, 82 tasi yozma va 3 tasi og‘zaki) murojaat kelib tushgan bo‘lib, 211 tasi muddatida ko‘rib chiqilib, o‘z yechimini topgan, 20 tasi taaluqliligi bo‘yicha yuborildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi hamda fuqarolarni qabul qilish uchun alohida xona ajratilib, video kamera bilan jihozlangan.

Aksiyadorlik jamiyati tomonidan barcha qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari qatʼiy nazoratga olingan bo‘lib, ularning ijrosi belgilangan muddatlar ichida bajarildi. “ljro.gov.uz” yagona elektron tizimida tashkilot uchun ijro muddati belgilangan qonunchilik hujjatlari 154 ta (1 ta Qonun, 20 ta Farmon, 2 ta Farmoyish, 87 ta qaror va 44 ta bayonlarda) va topshiriqlari bo‘yicha 589 ta (1 ta Qonun, 99 ta Farmon, 9 ta Farmoyish, 365 ta qaror va 115 ta bayon) topshiriq mavjud bo‘lib, ulardan 404 tasi bajarildi, 185 ta topshiriq bajarilmoqda.

9. YURIDIK XIZMAT SAMARADORLIGINI TAʼMINLASH BO‘YICHA:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26 dekabrdagi 1050-sonli “Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida MET filiallari tasarrufidagi elektr tarmoqlarining muhofaza zonalari hududlarida 2026-yil 5-yanvar holatiga aniqlangan noqonuniy qurilmalar soni 1 095 tani tashkil etgan.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2025 hisobot yili davomida mamlakatimizdagi elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalarning generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror yetkazish uchun barcha kuch va resurslar safarbar etildi, belgilangan reja to‘liq bajarildi.

Abdumalik Nazirov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi