2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yoshlar siyosati
Chimyonda "sport targ‘ibotchi"lari uchun qishki sport o‘yinlari festivali o‘tkazildi
  • 17.02.2026
  • 37

Joriy yilning 13–15-fevral kunlari Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi Chimyon qishlog‘ida vazirlik va idoralarda faoliyat yuritayotgan "sport targ‘ibotchi"lari o‘rtasida sportning qishki ekstremal sport turlari bo‘yicha sport festivali hamda o‘quv seminarlari o‘tkazildi.

Tadbir davomida sport targ‘ibotchilari o‘rtasida amaliy tajriba almashish, o‘z sohalarida sport targ‘ibotini yanada kuchaytirish yo‘llari bilan yaqindan tanishish, sportni ommalashtirish, aholining jismoniy faolligini oshirish, yoshlarni sportga keng jalb etish borasida zamonaviy yondashuvlar va samarali usullar bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalar berildi.

⚡️ Shuningdek, tadbirda "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ "sport targ‘ibotchi"si ham faol ishtirok etib, sportni targ‘ib qilish va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish yo‘nalishidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladi.

Shu ningdek, tadbir davomida Sport vazirligi tomonidan tuman-shahar va viloyat davlat organlari xodimlari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 2026-yilda tashkil etiladigan ommaviy sport musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar taqdimoti ham o‘tkazildi.

✅Tadbir doirasida ishtirokchilar o‘rtasida mini futbol, voleybol, stritbol hamda stol tennisi sport turlari, shuningdek, “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazilib, Aksiyadorlik jamiyatimizning "sport targ‘ibotchisi" Odiljon Vohidov ishtiirok etgan stritbol sport musobaqasida energetiklar jamoasi faxirli biricnchi o‘rini egallashdi. Tadbir so‘nggida sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlandi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati