2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: Elektr tarmoqlarida profilaktik ta’mirlash ishlari izchil davom ettirilmoqda
  • 17.02.2026
  • 18

⚡️ “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 35 kV kuchlanishli “Yalong‘och-1”  elektr uzatish havo tarmog‘ida reja asosidagi joriy ta’mirlash ishlari muvaffaqiyatli bajarildi.

Ta’mirlash jarayonida:
▪️ Tarmoq to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazildi;
▪️ Aniqlangan kamchilik va nosozliklar bartaraf etildi;
▪️ Eskirgan va shikastlangan izolyatorlar yangilariga almashtirildi.

⚡️ Mazkur ishlar elektr uzatish tizimining ishonchliligini oshirish, elektr energiyasini iste’molchilarga barqaror va sifatli yetkazib berishni ta’minlash hamda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarning oldini olishga qaratilgan.

O‘tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida avariya holatlarining oldini olish, elektr ta’minotining barqarorligi va xavfsizligini oshirishga erishildi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/NamanganMET_Axborot