
Bugun soat 17:35 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida 110 kV L-Orayliq elektr uzatish havo tarmog‘i favqulotda o‘chdi.
Natijada Kegeyli, Qorao‘zak, Bo‘zatov, Chimboy va Nukus tumanlari ayrim isteʼmolchilarining elektr taʼminotida vaqtincha uzilishlar kuzatilmoqda. Shuningdek, isteʼmolchilarni boshqa manba orqali taʼminlash choralari ham ko‘rilmoqda.
Ayni damda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
Soat 18:38 da ayrim isteʼmolchilar elektr taʼminoti boshqa manbadan taʼminlandi.
Coat 23:36 da 110 kV kuchlanishli L-Orayliq elektr uzatish havo tarmog‘ida aniqlangan nuqson bartaraf etilib, isteʼmolchilarning elektr taʼminoti to‘liq tiklandi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati