2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Quyosh paneli o‘rnatganmiz. “Elektroset”dan qo‘ng‘iroq qilib, 2-3 kun ichida o‘tishadi xodimlar, deb aytishdi. Lekin hech kim kelmadi...»
  • 18.02.2026
  • 33

Murojaat egasi: Atajanov Matriza Qurbonboy o‘g‘li

Elektron pochta: m.m.atajanov.09@gmail.com

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Men Atajanov Matriza Qurbonboy o‘g‘li — Xorazm viloyati, Xozorasp tumani, Karvak qishlog‘i, “Shovot” mahallasi, ...... ko‘chasi, ...-uyda yashovchi fuqaroman. Uyimizga qayta tiklanuvchi energiya — quyosh paneli o‘rnatganmiz. Texnik shartlarni olganmiz. “Elektroset”dan qo‘ng‘iroq qilishdi. 2-3 kun ichida o‘tishadi xodimlar, deb aytishdi. Lekin 5 ish kuni o‘tdi hamki, hech kim kelmadi! Shu haqida maʼlumot bera olasizmi? Qancha vaqt ichida kelib tekshiradi va shartnoma tuzib davlatga uzatsak (sotsak) bo‘ladi?

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, masʼul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MAʼLUMOT O‘RNIDA: "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 35-110 va 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish bilan shug‘ullanib, isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/49972

Isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, isteʼmolchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatiga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

het.uz – rasmiy veb-sayti

Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

Call centre: 1154

QO‘SHIMCHA MAʼLUMOTLAR:

 Energetika vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi

Telefon: +99877 070-12-32

Platforma: https://energymarket.uz/

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi Energiya samaradorligi platformasida ishlash bo‘yicha uslubiy qo‘llanmani taqdim etadi!

esma.uzex.uz (https://esma.uzex.uz/home) – platformasi aholi va biznes subyektlarini energiya servis bozoridagi xizmat ko‘rsatuvchilar, energiya auditorlar, yetkazib beruvchilar va moliya tashkilotlari bilan bog‘lash uchun xizmat qiladi.

Shuningdek, aholiga subsidiya va kompensatsiyalar faqatgina ushbu platforma orqali beriladi. https://t.me/esma_news/47

Batafsil: https://www.youtube.com/watch?v=ncF8q-7fa-s&t=8s

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati