
“Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 110/35/10 kV kuchlanishli “Navro‘z” podstansiyasida profilaktika ishlari bajarildi. Mazkur tadbirlar elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish, uskunalarning sifatli va xavfsiz ishlashini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Xususan:
▪️ 110 kV kuchlanishli Guliston-1 liniya ajratkichi qurilmasida texnik ko‘rik va profilaktik xizmat ishlari olib borildi;
▪️ 110 kV kuchlanishli aylanib o‘tuvchi ajratkich da fazalar farqi bo‘yaldi;
▪️ Mexanik qismlar moylandi;
▪️ Kontakt qismlarining mustahkamligi tekshirilib, qotirish ishlari amalga oshirildi.
⚙️ Bajarilgan profilaktik tadbirlar elektr qurilmalarining ishonchli ishlashini ta’minlash, avariyaviy holatlarning oldini olish hamda iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berishga xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati