2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: 110/35/10 kV kuchlanishli "Haqulobod" podstansiyasida texnik profilaktika ishlari bajarildi
  • 24.02.2026
  • 10

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali Podstansiyalar xizmati Norin–Uchqo‘rg‘on ustachilik bo‘lagi mutaxassislari tomonidan 110/35/10 kV kuchlanishli “Haqulobod” podstansiyasida keng ko‘lamli profilaktik ta’mirlash va sinov ishlari amalga oshirildi.

⚙️ Xususan, T-2 kuch transformatori hamda OD-KZ 110 kV uskunalarida profilaktik ta’mirlash va texnik sinov ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Mazkur ishlar davomida uskunalarning texnik holati to‘liq ko‘zdan kechirilib, zarur sozlash va mustahkamlash ishlari bajarildi.

Ushbu tadbirlarning asosiy maqsadi — podstansiya jihozlarining ishonchli va uzluksiz ishlashini ta’minlash, favqulodda nosozliklarning oldini olish hamda iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashdir. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/NamanganMET_Axborot