

"Samarqand magistral elektr tarmoqlari" filiali mutaxassislari tomonidan mazkur energetika obyektining TS-6-1 hamda V–TS-6-1 qurilmalarida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, uskunalarda sinov ishlari bajarilib, transformator korpusiga korroziyaga qarshi bo‘yoq tortish ishlari olib borilmoqda.
⚙️ Shuningdek, 110 kV ochiq taqsimlash qurilmasida (ORU-110 kV) navbatdan tashqari tekshiruv o‘tkazilib, uskunalar issiqlik tasvirlash (teplovizor) kamera yordamida ko‘zdan kechirilmoqda.
Ishlar elektr ta’minoti tizimining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida, xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy amal qilgan holda olib borilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI