
Bugun, 2026-yil 25-fevral kuni soat 12:00 dan 14:00 gacha Mirzo Ulug'bek tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi 110/35/6 kVli «Botanika» podstansiyasida modernizatsiya dasturi doirasida 6 kV boʻlgan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini xavfsiz olib borish maqsadida elektr taʼminotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi. Shu munosabat bilan:
Mirzo Ulug'bek tumanining: «Oqqo‘rg‘on» hamda «Katta Darxon» MFYlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi vaqtincha oʻchiriladi.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz.
Rejalashtirilgan ishlar muvaffaqiyatli amalga oshirilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti to‘liq tiklandi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati