2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: “Suvchi-1” podstansiyasida transformator mukammal ta’mirdan chiqarildi
  • 27.02.2026
  • 25

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan Chortoq tumanida joylashgan 110/6 kV kuchlanishli “Suvchi-1” podstansiyasida quvvati 16000 kVA bo‘lgan kuch transformatori to‘liq mukammal ta’mirdan chiqarildi.

⚙️  Ta’mirlash jarayonida transformatorning asosiy uzellari batafsil ko‘zdan kechirildi, zamonaviy usullar asosida texnik diagnostika ishlari amalga oshirildi. Aniqlangan nosozliklar bartaraf etilib, eskirgan hamda yaroqsiz holga kelgan qismlar yangilariga almashtirildi.

Shuningdek, transformatorning ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida zarur sinov ishlari o‘tkazildi hamda barcha texnik ko‘rsatkichlari belgilangan me’yorlarga muvofiqligi tekshirildi.

✅ Amalga oshirilgan ushbu mukammal ta’mirlash ishlari natijasida hudud iste’molchilarini ishonchli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash ishonchliligi yanada oshirildi.

⚡️ Yuqoridagi fotosuratlarda transformatorning ta’mirlashdan oldingi va keyingi holatini ko‘rsatib o‘tilgan

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/NamanganMET_Axborot