
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son Farmoni hamda 2024-yil 4-dekabrdagi “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-421-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va sportga bo‘lgan qiziqishlarini rag‘batlantirish ishlari olib borilmoqda.
Misol uchun, "Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filialida 2026-yil uchun rejalashtirilgan sport tadbirlari doirasida xotin-qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa qiziqarli, shiddatli va hayajonga boy tarzda tashkil etildi. Har bir jamoa g‘alaba uchun astoydil kurash olib bordi, maydonda haqiqiy sport ruhi va jamoaviy hamjihatlik namoyon bo‘ldi.
Bellashuv yakunida esa eng katta g‘alaba — do‘stlik va birdamlik bo‘ldi.
Bunday sport tadbirlari jamoa a’zolari o‘rtasida ahillikni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va xotin-qizlar faolligini oshirishga xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’ling!