

Toshkent shahrida joylashgan mazkur energetika obyekti hududida tabiiy ofat, ya’ni zilzila sodir bo‘lgan holatda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish bo‘yicha taktik-o‘quv mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar Uchtepa tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Tadbirda:
♦ favqulodda holatlarda xodimlarning harakat algoritmini aniqlash va o‘rganish,
♦ evakuatsiya tartibi va bu jarayonda e’tibor berilishi zarur bo‘lgan jihatlarni o‘zlashtirish,
♦ jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi va mahoratini mash qilish,
♦ qutqaruv xizmatlari bilan hamkorlik masalalarini amaliy mashg‘ulotlarda sinovdan o‘tkazish
va boshqa shu kabi muhim jihatlar o‘zlashtirildi.
✔️ Bu kabi mashg‘ulotlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad — ehtimoliy zilzila holatida tezkorlikni oshirish, xodimlar va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashdan iborat.
Eslatib o‘tamiz, bunday tadbirlar favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini mustahkamlashga xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’ling!