2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
FM.87.9 to‘lqinlarida OAV hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama majlisi o‘tkazilgani haqida axborot berildi
  • 04.03.2026
  • 15

 «O‘zbekiston–24» radiokanalining FM.87.9 to‘lqinlarida efirga uzatilgan «Axborot» informatsion dasturida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati bosqaruvi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi U.P.Urunov Aksiyadorlik jamiyatining 2025-yilgi faoliyati OAV hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilingani haqida axborot berildi.

Eslatib o‘tamiz, “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida davlat organlari va tashkilotlari har yili hisobot yilidan keyingi yilning 1-mart sanasigacha o‘z faoliyatiga oid hisobotni rasmiy veb-saytlariga joylashtirishi hamda qaysi sanada uni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish joyi va vaqti haqida xabar berishi belgilab qo‘yilgan.
Aksiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-sayt va ijtimoiy tarmoq sahifalarida bu haqda eʼlon maʼlum qilindi. Bugungi hisobotlar muhokamasiga bag‘ishlangan anjumanda videokonferensaloqa orqali OAV hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Radioboshlovchi — Dilfuza Yusupova. Dasturni jurnalist Nilufar Ahmedova tayyorlagan.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil yakunlariga bag‘ishlangan hisobotlari ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik uchun ochiq. Rasmiy veb-saytning “HISOBOTLAR” ruknidan o‘qib-tanishib olish mumkin. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati