

"Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari" filialiga qarashli 110/35/10 kV kuchlanishli "Chimboy" podstansiyasida elektr uskunalarining ishlash holatini yaxshilash maqsadida texnik xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi.
Olib borilgan ishlar:
• Kuch transformatori (T-1-2-110 kV) texnik tekshiruvdan o‘tkazildi;
• Kuch transformatorining kiritkichlaridagi (ввод) moy sizib chiqishi nuqsonlari bartaraf etildi;
• Kuch transformatorining moy sathi meyyoriga keltirildi;
• Shinlar seksiyasidagi izolyatorlar tozalandi;
• 10 kV kuchlanishli komplekt taqsimlash qurilmasida ta’mirlash ishlari olib borildi.
Ushbu joriy ta’mirlsh ishlar generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror yetkazish uchun xizmat qiladi.
⚡️ Texnik-muhandislik ishlari elektr xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «QORAQALPOG‘ISTON MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’ling!