

⚙️ “Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan Xovos tumanida joylashgan 35/10 kV kuchlanishli “Davron” podstansiyasida navbatdagi rejali joriy ta’mirlash ishlari bajarildi.
Ta’mirlash ishlari doirasida:
♦ T-1 kuch transformatorida texnik ko‘rik va joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi;
♦ 10 kV kuchlanishli shinalar tizimi (СШ-10 kV) texnik holati tekshirilib, profilaktik ishlar bajarildi;
♦ 35 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmasi (ОРУ-35 кВ) ko‘zdan kechirilib, zarur sozlash va mustahkamlash ishlari olib borildi;
♦ 35 kV kuchlanishli liniya ajratkichida (РЛ-35 кВ) joriy ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish tadbirlari bajarildi.
Mazkur tadbirlar elektr qurilmalarining barqaror va ishonchli ishlashini ta’minlash, tarmoqda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish hamda iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berishga xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ "SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI
kanaliga obuna bo‘ling!