2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Hurmatli yurtdoshlar va aziz ota-onalar!
  • 10.03.2026
  • 12

❗️ Elektr qurilmalari, xususan podstansiyalar va yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari atrofi o‘ta xavfli hudud hisoblanadi. 
Bolalar va o‘smirlarning bunday joylarda o‘ynashi og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Iltimos, farzandlaringizni:

♦ Podstansiya va transformator punktlari yaqinida o‘ynashiga yo‘l qo‘ymang.
♦ Elektr simlari ostida va podstansiyalar yaqinida varrak uchirishiga ruxsat bermang.
♦ Uzilgan yoki osilib turgan simlarga yaqinlashtirmang.

⚠️ Bolalar faqat maxsus o‘yin maydonchalarida va xavfsiz hududlarda o‘ynashi kerak.

Unutmang, elektr toki ko‘rinmaydi, ammo hayot uchun xavf tug‘diradi.

⚠️  Elektr tarmoqlarida nosozlik yoki xavfli holatni sezsangiz, zudlik bilan tegishli xizmatlarga xabar bering.

▪️Tez tibbiy yordam: 103
▪️Yong‘in xavfsizligi: 101, 112
▪️IIB (Ichki ishlar): 102
▪️FVV (Favqulodda vaziyatlar vazirligi): 1050
▪️Elektr tarmoqlari: 1154
▪️ Gaz tarmoqlari: 1104

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qaroriga muvofiq, elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining barqaror ishlashi uchun, muhofaza zonalarida ekologik zarar va yong‘in keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan biron-bir harakatni sodir etish taqiqlangan

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’ling! 

http://t.me/Toshkent_shaharMET_Axborot