2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Aksiyadorlik jamiyatida “Saodat” jurnali ijodkorlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
  • 07.03.2026
  • 5

Avval xabar berganimizdek, bugun “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining barcha filiallarida 8-mart — “Xotin-qizlar xalqaro kuni” bayrami munosabati bilan muhtarama hamkasblarimizni tabriklash tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Markaziy boshqaruv apparitida tashkil etilgan bu safargi tadbirga “Do‘stlar klubi” ijodkorlari ham tashrif buyurishdi.  

⚡️ Tadbirni Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari S.S.Artikov ochib berdi. Sobirjon Sadullayevich tadbir ishtirokchilari — jamoamizning barcha ayollarini xalqaro sana munosabati bilan tabriklab, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Abdumalik Abdusalimovich Nazirovning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Bayram tabrigida mamlakatimizda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor, shuningdek, energetika sohasi ayollari uchun yaratilgan mehnat sharoitlarni alohida e’tirof etildi.

So‘ngra “Saodat” jurnali ijodkorlari — Munavvara Usmonova, Qutlibeka Rahimboyeva, Maxsuma Ergasheva hamda Dilsora Nurmurodovalar so‘zga chiqib, Ona va Ayolni ulug‘lagan xalqimizning huquqiy, iqtisodiy va madaniy yo‘nalishdagi barcha ishlarida unum va baraka bo‘lishini alohida e’tirof etishdi. Aksiyadorlik jamoasi xotin-qizlarini tabriklashdi.

✅ Tadbir so‘ngida ijodkorlar o‘z qalamiga mansub nazmiy asarlardan namunalar o‘qib berib, tadbir ishtirokchilarini xushnud etishdi. 

⚡️ E’tiboringizga ushbu tadbirda suratga olingan lavhalarni havola etamiz.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati