
BOʻSH ISH OʻRNI:
▶️ Xalqaro hamkorlik sho‘basi yetakchi mutaxassisi lavozimi.
Ta’lim:
• Oliy ma’lumot (xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot, moliya, energetika, huquq yoki tegishli sohalar);
• Magistr darajasi ustunlik beradi.
Ish tajribasi:
• Xalqaro hamkorlik, investitsiya loyihalari, xalqaro moliya institutlari (Jahon banki, OTB, YTTB, IIRB va boshqalar) bilan ishlash tajribasi;
• Davlat organlari, yirik kompaniyalar yoki xalqaro tashkilotlarda ish tajribasi afzal hisoblanadi.
Til bilimi:
• Davlat (o‘zbek) tili – mukammal darajada (yozma va og‘zaki);
• Ingliz tili – mukammal darajada (yozma va og‘zaki);
• Rus tili – ishchi darajada;
• Qo‘shimcha xorijiy tillarni bilish ustunlik beradi.
Kasbiy ko‘nikmalar:
• Xalqaro shartnomalar, anglashuv memorandumlari (MoU), bitimlar va kelishuvlar loyihalarini tayyorlash va kelishish;
• Investitsiya va infratuzilma loyihalari bilan ishlash;
• Loyiha hujjatlarini tayyorlash, tahlil qilish va monitoring qilish;
• Rasmiy yozishmalar, prezentatsiyalar va hisobotlar tayyorlash;
• Xalqaro muzokaralar va uchrashuvlarda ishtirok etish.
Kompyuter savodxonligi:
• MS Word, Excel, PowerPoint – yuqori darajada;
• Elektron hujjat aylanmasi tizimlari bilan ishlash qobiliyati;
• Ma’lumotlar bazalari va reestrlar bilan ishlash tajribasi ustunlik beradi.
Shaxsiy fazilatlar:
• Tahliliy fikrlash va tizimli yondashuv;
• Mas’uliyatlilik va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati;
• Kommunikatsiya va jamoada ishlash ko‘nikmalari;
• Stressga chidamlilik, vaqtni samarali boshqarish;
• Xalqaro protokol va ishbilarmonlik etikasini bilish.
Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida
❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
Murojaat uchun: 71-236-66-15. 71-236-62-27
Elektron pochta: kadr_nes@uzbekistonmet.uz
❗️Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.
Eslatib o‘tamiz, ishga qabul qilish jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga asosan o‘tishi uchun har bir suhbat jarayoni videotasmaga tushiriladi, fotolavhalar e’lon qilinadi va arxivlashtiriladi, shu bilan birga, savol-javob jarayoni Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi tomonidan bayonlashtiriladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati